Май 21, 2019
Samarali reklama sirlari

#MFaktorPraktikum loyihasining navbatdagi spikeri Milliy Marketing Markazi rahbari — Diyor Mirzaahmedov. Tashqi reklama sohasida 20 yillik tajribaga ega inson.

Biz tadbirkorlar, kompaniyamiz daromadi ko’payishini va hizmatlarimiz savdosini oshishsi uchun har hil yo’llar va startegiyalarni qo’llashga harakat qilamiz.

Bunday ishlarga odatda reklamaga juda ko’p pulimiz, vaqtimiz va kuchimizni sarflaymiz. Lekin negadir qilayotgan harakat va harajatlarimiz hamma vaqt ham o’zini oqlamaydi va pulimiz havoga ketib qolaveradi!?!

Sababi bugungi kunda barcha sohalarda raqobat kundan kun o’sib bormoqda. Kompaniyalar bunday holatlarda boshqa raqobatchilardan ajralib turadigan biror bir xususiyati va aniq startegiyasi bo’lmasa uzoqqa bora olishmaydi va bozorda o’rinlarini yo’qota boshlashadi.

Diyor Mirzaahmedov ko’p yillik biznes tajribalaridan kelib chiqib, tadbirkorlarimiz uchun eng zarur marketing va reklama instrumentlardan foydalangan holda kompaniyaning reklama strategiyasini aniglab olish bo’yicha o’z tajribalari va sirlari bilan bo’lishadilar.

Biznesi o’sishini va raqobatchilardan bir qadam bo’lsa ham oldinda bo’lishni istagan do’stlarimizga albatta tavsiya etamiz!

Batafsil:

MFP-06. «Samarali reklama sirlari» tadbiridan lavhalar.

Video:

https://www.facebook.com/MFaktorUz/videos/635958183539268/?t=5